O`tgan yilda yurtimizda bitta — Rustam Sa'diyevning "Men bu men" filmi ilmiy-fantastik janrda suratga olingan edi. 2010 yilda ham fantastik janrda film suratga olindi. Rejissyor Yolqin To`ychiyevning "Uchar qiz" filmida bosh qollarni Adiz Rajabov va Asal Shodiyevalar ijro etishgan. Yolqin To`ychiyevning yangi filmining asosiy mavzusi o`zga sayyoraliklar haqida. Balki bosh qahramon rolidagi qiz o`zga sayyoradan uchib kelar. Harqalay film nomidan shunaqa o`xshayapti. Premyera haqida hozircha aniq ma'lumot yo`q. sherlar.uzda qoling!
Anchadan buyon boshqa tashkiliy masalalardan ortmayotgan Sardor Rahimxon nihoyat "Yor-yor” qo`shig`ining klipini muxlislariga taqdim etdi. Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunov tomonidan suratga olingan klipda bosh rollarni Alisher Uzoqov va debyutant aktrisa Leyli Saitmanbetova ijro etgan. Yaqin kunlarda Tv orqali namoyish etiladigan klip jarayonlaridan suratlarni tomosha qiling. Muhabbat haqida kuylangan "Yor-yor” qo`shig`i allaqachon barcha muxlislar qalbidan joy olib ulgurgan. Endi esa uni tomosha qilish fursati yetdi! "O'zbektelefilm" pavilonida suratga olingan klipning qo`shig`i yilning eng yaxshi qo`shig`i va klipi bo`lishiga shubha yo`q. Natijani esa kuzatishda davom etamiz.
So'nggi paytlarda juda sermahsul ijod qilib kelayotgan estradamizning eng maftunkor xonandalaridan biri Manzura TV kanallari orqali "Sevardim takror" taronasi uchun ishlangan klipni taqdim qilib kelmoqda. Manzura hozirgi kunda yangi suratga olingan "Sevginator 2" filmi uchun saundtrek kuyladi...
"Sevginator 2" filmi "Sevginator" filmining mantiqiy davomi hisoblanadi. Ammo butunlay boshqacha. Chunki "Sevginator 2" filmi komediya janrida suratga olindi. Film uchun maxsus saundtrekning so'zi va musiqasi Rustambek Xudayberganovga tegishli. Tez orada qo'shiq FM to'lqinlari jarang sochadi. "Sevginator 2" filmining prem'erasi bahor faslining ikkinchi yarmida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Озода Саидзодани сўраб нафақат сайтимизга мурожаатлар, балки хатлар ва қўнғироқлар тинмаяпти. Ахир олдинги йил янги фотосессиялари, концерт дастури билан чиқиш хақидаги эълони, сайтининг реклама баннерлари ва бир қанча янгилик ва интервьюлар билан оммавий ахборот воситаларида кўринган Озода бу йилдан жимлик хадя қила бошлади. Вахоланки унинг бир қанча лойихаларидан хабардор эдик. Куни кеча гастроль сафари хақида маълумот берди. 25 март куни Фарғонада ва 26 март куни эса Андижонда яккахон концерт дастури билан иштирок қилади. Яна бир янгилик, Озода сўнгги пайтлар мехмонхоналарда яшамоқда. Дедеман, Россия гостиницаси ва хоказо. Вахоланки Тўй тепадаги уйидан ташқари Тошкентда Дархон мавзесида офис ва квартираси, ш
... Davomini o'qish>>
So'nggi paytlarda juda sermahsul ijod qilib kelayotgan estradamizning eng maftunkor xonandalaridan biri Manzura TV kanallari orqali "Sevardim takror" taronasi uchun ishlangan klipni taqdim qilib kelmoqda. Manzura hozirgi kunda yangi suratga olingan "Sevginator 2" filmi uchun saundtrek kuyladi...
"Sevginator 2" filmi "Sevginator" filmining mantiqiy davomi hisoblanadi. Ammo butunlay boshqacha. Chunki "Sevginator 2" filmi komediya janrida suratga olindi. Film uchun maxsus saundtrekning so'zi va musiqasi Rustambek Xudayberganovga tegishli. Tez orada qo'shiq FM to'lqinlari jarang sochadi. "Sevginator 2" filmining prem'erasi bahor faslining ikkinchi yarmida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Kuni kecha "O'zbektelefilm" pavilonlaridan birida Sardor Rahimxonning "O'zim yor-yor aytay" taronasi uchun uzoq kutilgan video klip suratga olindi. Ushbu qo'shiq muhabbat haqidagi 2010 yilning eng go'zal taronasi hisoblanadi...
Klipni esa har doimgidek, Sardor Rahimxonning doimiy hamkorlari rejissorlar Rustam Murodov va Mirmaqsud Oxunovlar suratga olishdi. Bu safar klipda bosh rollarda bugungi kunda erkak aktyorlar orasida eng mashhur bo'lib kelayotgan Alisher Uzoqov hamda ilk marotaba ekranlarda namoyon bo'ladigan Leyli Saitmanbetova ijro etdilar. Darvoqe, Leylini chinakam m
... Davomini o'qish>>
Анчадан буён интернетдаги товламачиликлар ҳақида ёзмоқчи бўлиб юрган эдим. Йил бошидан буён электрон почтамга келган хатларга ишонадиган бўлсам (икки ой ичида), менга 5та лотереяда катта ютуқ чиққан, ипотека қарзимни тўлаб беришга тайёр бўлган банклардан ўндан ортиқ таклиф ва мен яхши танимайдиган, лекин менинг "очиқкўнгил ва яхши инсон” эканлигимга ишонувчи бир инсон менга бир неча миллион долларлик ишни таклиф қилган эди. Унинг ёзишича, Нигерияда катта лавозимда ишловчи ўша киши қурилиш ишларидан ортиб қолган бир неча миллион долларни менинг ҳисобимга ўтказиб беришга тайёр эканлигини билдирганди. У ўзининг пулларини менинг ихтиёримга топшириб, ўз хоҳишимга кўра бирон фойдали ишга инвестиция киритишимни сўраган эди... Электрон почталарга келувчи хатларнинг мазмуни, ким томонидан жўнатилишидан қатъи назар, уларда бир-бирига ўхшаш жи
... Davomini o'qish>>
Shahzoda bahoriy kayfiyatda! Fotojamlanma!!! Eng maftunkor xonandalarimiz sirasiga kiruvchi Shahzodaning navbatdagi maftunkor fotojamlanmasini eng birinchilar qatorida siz azizlarga taqdim etamiz. Shuningdek, Shahzodadan ajoyib yangilikni boxabar qilamiz.
8 mart kuni Shahzoda "O'zbegim taronasi" radiosi orqali o'zining "Uchrashamiz" nomli yangi hit taronasini taqdim etadi. Ajoyib taronaning ilk tinglovchisiga aylanish imkoniyati sizda mavjud. Demak, 8 mart soat 18:20da "O'zbegim
... Davomini o'qish>>
Ertaga "Bolalar" guruhi va Tohir Sodiqovdan ajoyib prem'erani qarshi olasiz. Bahor fasli munosabati bilan barcha ayollarga bag'ishlab kuylangan ajoyib taronani ertaga qarshi olasiz.
Qo'shiq "Sevaman" deb nomlangan bo'lib, uni ertaga 8 mart kuni barcha radioto'lqinlar orqali tinglashingiz, jumladan "A'lo FM" radiosi orqali qarshi olishingiz mumkin. Prem'erani o'tkazib yubormang!